AQŞning QuantumScape kompaniyasi hozirda keng qöllanuvçi litiy-ion batareyalar örnini bosuvçi litiy-metall batareyalarni taqdim etdi. 

Yangi turdagi batareyalarni işlab çiqqan mutaxassislarning ta'kidlaşiça, batareyalar standart litiy-ion batareyalardan ança samaraliroq. Misol uçun, ular elektromobillarga hozirdagidan 80 foiz köproq masofa bosib ötiş imkonini beradi.

Bundan taşqari, yangi batareyalar 800ta quvvatlaş siklidan keyin ham öz siğimdorligining 80 foizdan köproğini saqlab qoladi. Ta'kidlanişiça, yangi akkumulyatorlar oliy sinfdagi litiy-ion batareyalaridan 2 marta köproq energiya siğimdorligiga ega böladi. Ular sovuq haroratlarda işlamay qoliş, nosozliklarda alangalanişga moyil emas va işlab çiqarişda samaraliroq hisoblanadi.

Kompaniya xabariga köra, yangi batareyalar uzoq vaqt xizmat qiladi va yuz minglab mil yöl yurişga yetadi. Mutaxassislar bunga litiy-ion batareyalardagi anodda suyuq elektrolit va uglerod örtasidagi ikkilamçi reaksiyani bartaraf etiş hisobiga erişişgan. Yana bir e'tiborli jihati, yangi batareyalar tezroq quvvatlana oladi: ularni 80 foizga töldiriş uçun 15 daqiqa yetadi, vaholanki oddiy akkumulyatorda bunga 40 daqiqa va undan köproq vaqt ketadi.   

Startap direktori Jagdip Singxning ta'kidlaşiça, yangi litiy-metall batareyalar quvvati hattoki elektr samolyotlarni energiya bilan ta'minlaşga imkon beradi.

Yangi akkumulyatorlarni 2024 yildan Volkswagen avtomobilsozlik konserni bilan birgalikda işlab çiqariş rejalaştirilmoqda.