12 sentabr kuni Özbekiston Futbol Federatsiyasida ötkazilgan hisobot saylov konferensiyasida taşkilotga yangi rahbar saylandi. Unga köra, Umid Ahmadjonov ÖFFning yangi prezidentiga aylandi. Federatsiya matbuot xizmati yangi prezidentining tarjimai holini taqdim etdi.
Ahmadjanov Umid Mahamadjonoviç 1977 yil 16 may kuni Toşkent şahrida tavallud topgan.
Millati özbek. Ma'lumoti oliy. Özbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini imtiyozli asosda tugatgan. Toşkent şahar Xalq deputatlari kengaşi deputati.
Mehnat faoliyatini 1995 yilda «Zenit» firmasida işçi sifatida boşlagan. 1995-2001 yillarda «Ilmu Ziyod» xususiy korxonasida işçi, keyinroq 26-sonli quriliş boşqarmasida işçi hamda operator vazifalarida, şuningdek, Olimpiya Aktsionerlik Jamiyatida avtosanoat bölimi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.
Uşbu yillardagi mehnat faoliyati davomidagi işbilarmonligi hamda taşabbuskorligi, taşkiliy işlar hamda boşqaruv sohasidagi bilim va tajribalari evaziga 2002 yilda Özbekiston nogironlar sport federatsiyasi Boş kotibi lavozimiga tayinlandi. 2007 yilga kelib, dastlab Özbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiyatsiyasi Boş kotibi hamda raisi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Uşbu taşkilotdagi faoliyati bilan birgalikda U. Ahmadjanov 2007 yildan e'tiboran Özbekiston Dzyudo Federatsiyasi raisi örinbosari hamda Özbekiston Olimpiya Qömitasi vitse-prezidenti lavozimlarida ham samarali faoliyat yuritdi. Umid Ahmadjanov uşbu taşkilotlardagi faoliyati davomida mamlakatda sport sohasining rivojlanişiga, şu jumladan, paralimpiya sportining rivojlanişida, mamlakat paralimpiyaçilarining jahon arenalarida ulkan yutuqlarni qölga kiritişiga ulkan hissa qöşdi.
Aynan uning Paralimpiya Assotsiyatsiyasidagi faoliyati natijasida Özbekiston paralimpiya delegatsiyasi 2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida ötkazilgan yozgi Paralimpiada öyinlarida tarixiy natijalarini qayd etdi. Uşbu Paralimpiada öyinlarida özbekistonlik sportçilar jami 31 ta, şulardan 6ta oltin, 8 ta kumuş hamda 17 ta bronza medallarini qölga kiritib, Özbekiston sporti tarixidagi eng yaxşi natijasini qayd etdi.

U. Ahmadjanov olimpiya sport turlarining rivojlanişida, mamlakatda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş işlarida samarali mehnat qildi. Uning sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari boşqaruvi tizimidagi bir neça yillik mehnati va faoliyati davomida sportçilarga zarur şaroitlarni yaratiş işlariga katta e'tibor berildi. U sport, ayniqsa, olimpiya hamda paralimpiya sport turlarining infratuzilmasini yaxşilaşda bevosita iştirok etdi.












