Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi va ÖFF prezidentligida bir vaqtda faoliyat olib borayotgan Umid Ahmadjonov bu vaqtinçalik holat ekanini ta'kidlab ötdi.

«Avvalo, meni uşbu lavozimga (MOQ prezidentligiga) munosib körgan davlatimiz rahbariga yuksak işonçlari uçun çeksiz minnatdorlik izhor etaman. Zimmamga qanday mas'uliyat yuklanganligini juda yaxşi his etib turibman, şunday ekan, Prezidentimiz va xalqimiz işonçini oqlaş uçun ikki karra kuç va ğayrat bilan işlaşga tayyorman.

Ikki taşkilotga rahbarlik qilişim bu vaqtinçalik bölib, joriy yilning 25 yanvarida Özbekiston futbol federatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasi bölib ötadi va unda taşkilotga yangi rahbar saylanişi kutilmoqda. Futbol federatsiyasida rahbarlik vakolatimni topşiraman.

Ammo bu futboldan butunlay ketaman degani emas. Çunki özbek futbolida boşlab qöygan bir qator yangi loyiha va rejalarimiz bor, ularni nihoyasiga yetkazmay turib, ortga çekiniş adolatdan bölmaydi», deya gapirib ötgan Ahmadjonov «Xalq sözi»ga bergan intervyusida.