Futbol musobaqalarida hakamlik qiliş uçun malakali hakamlar va yordamçi hakamlar sonini köpaytiriş maqsadida, Özbekiston futbol federatsiyasi tomonidan hakamlarni saralab oliş dasturi işlab çiqildi.

Uşbu dasturga muvofiq, dastlabki bosqiçda hakamlarni tanlab oliş Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar futbol federatsiyalari tomonidan amalga oşiriladi.

Özbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov yoş hakamlarni tanlab oliş mezonlarini tasdiqladi. Unga köra endilikda yoş hakamlarni tanlab olişda qöyiladigan mezonlar quyidagilardan iborat:

1.Erkaklarning böyi 175 sm, ayollarning böyi esa 165 sm dan kam bölmasligi kerak.
2. Hakamlikka nomzodlarning yoşi 18 yoşdan 32 yoşgaça bölişi zarur.
3. Ingliz tilini bilişi
4. Kompyuterdan foydalaniş könikmalariga ega bölişi kerak.

Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar futbol federatsiyalari tomonidan yoş hakamlar uçun 15 soatdan kam bölmagan hajmdagi kiriş kurslari taşkil etilişi lozim. Kiriş kurslariga amaliy maşqlar, öyin Qoidalari böyiça nazariy bilimlar, hakam va hakam yordamçilarining örni va majburiyatlari, şuningdek, öyin qoidalari va jismoniy tayyorgarlik böyiça testlar kiritiladi.

Kiriş kurslari yakunlanişiga qöşimça tarzda barça yoş hakamlar va hakam yordamçilari kamida bir çorakda bir marta seminarlardan ötişi kerak. Seminarlarda öyinlardagi qaltis holatlar, muammolar, xatolarni tan olinişi, FIFA va OFKning öyin Qoidalari böyiça direktiva va interpretatsiyalari kabi mavzular muhokama qilib boriladi. Şuningdek, seminarlar öyin Qoidalari böyiça yozma test va jismoniy tayyorgarlik böyiça testlarni öz içiga oladi.

Joylarda malakali hakamlarni tayyorlaş uçun viloyatlar 4ta hududga bölingan holda, har bir hududga ikki nafardan ÖFF vakili biriktirilgan.

1-hudud: Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari. ÖFF mas'ullari - Oleg Daçev va Baxtiyor Toğayev.

2-hudud: Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlari. ÖFF mas'ullari - Arslon Hotamov va Artyom Arutyunov.

3-hudud: Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari. ÖFF mas'ullari - Vladislav Tseytlin va Baxtiyor Namozov.

4-hudud:Sirdaryo, Jizzax, Toşkent viloyati va Toşkent şahri. ÖFF mas'ullari - Aleksandr Popov va Dmitriy Roman.