Bugatti kompaniyasi Chiron giperkarining soatiga 400 km gaça tezlaştirilgani va töliq töxtatilişi tasvirlangan videoni namoyiş qildi. Bu rekord natija qayd qilingan uşbu rolikda maşina soatiga 450 km gaça tezlaştirilmoqçiligi e'lon qilingan. Uşbu video Bugatti’ning YouTube-kanalida joylaştirilgan.

Bugatti Çiron’ning rekord natijasi haqida sentabr örtalarida ma'lum böldi. Model 400 km/soat tezlikka 32,6 soniyada 2,6 km lik masofada erişdi. Şundan keyin uni töliq töxtatiş uçun 9,3 soniya vaqt va 491 metr masofa talab etildi. Şu tariqa “Şiron”ga bu rekordni qayd qiliş uçun umumiy hisobda 41,96 soniya va 3112 metr kerak böldi. Maşinani esa “Formula-1” poygasining sobiq iştirokçisi Xuan Pablo Montoyya boşqardi.

“Şiron” 8 litrli, 16 silindrli, 4 turbinali dvigatel bilan jihozlanadi. Motorning quvvati 1500 ot kuçini taşkil qiladi. Maşina joyidan 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erişadi. Maşinaning e'lon qilingan maksimal tezligi soatiga 420 km ni taşkil qiladi.