Yigirma yil avval, 1997 yilning 15 sentabrida dasturçilar Larri Peyj va Sergey Brin Google qidiruv tizimi uçun google.com domenini röyxatdan ötkazişgan. Insoniyat tarixidagi eng muhim IT-kompaniyalardan birining tarixi şunday boşlangan.
Ta'kidlaş joizki, Google bizning qidiruv tizimlariga bölgan munosabatimizni özgartirdi. Bugungi kunda şuni işonç bilan ta'kidlaş mumkinki, Google — internetdagi eng köp taşrif buyuriluvçi sayt.
Google kompaniyasi rasman 1998 yilning 4 sentabrida Kaliforniya ştatida, Menlo-Parkdagi garajda röyxatdan ötkazilgan.
«Google» nomi yuzta nolli 1 raqamini bildiruvçi «gugol» sözidan kelib çiqqan. Kundalik hayotimizda tobora köp qöllanilib borayotgan «to google» («gugllaş» - izlaş ma'nosini bildiradi) fe'li 2006 yilda Oksfordning ingliz tili luğatiga kiritilgan.
Mazkur qidiruv tizimi özining oddiy interfeysi bilan internet foydalanuvçilarini jalb qilib kelmoqda. 2000 yilda Google reklama sotuvlarini boşladi. Boşqa raqiblaridan farqli ölaroq, Google Internetning yangi bozoriga çiqişga muvaffaq böldi.
2014 yilga borib, Google 41 mamlakatda joylaşgan 70 dan ziyod idorasiga ega böldi.

2015 yilda kompaniya qaytadan taşkil etildi: Google - Alphabet Inc'ning şö'ba kompaniyasiga aylandi va internetga tegişli bölmagan ba'zi savdo markalarini mustaqil filiallarga ajratdi.
Vaqt ötgan sayin qidiruv tizimi özining Gmail poçtasi, Google Maps xaritalari va yana önlab bir-biriga integratsiyalaşgan mahsulotlar bilan boyidi. Zero XXI asr qidiruv tizimi şunçaki qidiruv tizimidan kattaroq ahamiyatga ega bölişi kerak - bu Google muvaffaqiyatli özlaştirgan yana bir saboq.
2000-2002 yillarda NASDAQ fond birjasining inqirozi kompaniyalar bozor qiymatining 5 trillion dollarga pasayişiga sabab böldi va ma'lumotlarga köra, 2004 yilga kelib faqat 48 foiz dotkom-kompaniyalargina omon qolgan.
Google bu vaziyatda nafaqat omon qoldi, balki investorlarga IT-bozorga bölgan işonçni qaytardi. 2004 yilning 18 avgustida kompaniya 1,67 milliard dollarni jalb qilişga muvaffaq böldi, bu - öşa paytlar uçun misli körilmagan summa. Startapning bozor kapitalizatsiyasi 23 milliard dollardan ortiqni taşkil qildi. 271 million aksiyaning aksariyati Google tasarrufida qoldi va kompaniyaning köp xodimlari bir zumda millionerga aylanişdi. Aktsiyalarning har biri 85 dollardan sotilgan. Bugun esa kompaniyaning bir aksiyasi deyarli 950 dollarni taşkil qiladi.
















