Nigeriya hukumati Xitoy bilan birga mamlakatdagi eng katta gidroelektrostansiyani qurişga kelişib oldi. Loyiha qiymati 5,8 mlrd dollarni taşkil qiladi, deb xabar bermoqda CNN telekanali. 

Ma'lum qilinişiça, quvvati 3050 MVt ga baholanayotgan bu GES Xitoyning davlat quriliş firmalari konsorsiumi tomondan barpo etiladi.

“Megaloyihada balandligi 50 metrdan 150 metrgaça böladigan törtta töğon böladi. Uni yakunlaşga 6 yil kerak böladi”, deb aytgan Nigeriya energetika vaziri Babatunde Faşola.

Ma'lum qilinişiça, Xitoyning Export-Import Bank’i loyihaning 85 foizini, qolgan 15 foiz qismini Nigeriya moliyalaştiradi.