Rossiyaning Birinçi kanali “Jdi menya” körsatuvini tayyorlaş uçun “VID” telekompaniyasi bilan şartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Bu haqda telekanaldagi manbaga iqtibos keltirgan holda RBK naşri xabar bermoqda.  

Manba ma'lumotlariga köra, avvalgi şartnoma muddati tugagan va tomonlar körsatuvning yangi boşlovçisi nomzodi böyiça kelişa olişmagan. Körsatuvni olib borgan Aleksandr Galibin Birinçi kanal bilan kelişilmagan holda böşatib yuborilgan, yangi nomzodlar esa telekanalni qoniqtirmagan.

“Işlab çiqaruvçi va telekanal örtasidagi nizo körsatuv boşlovçisi nomzodi xususidagi ijodiy kelişmovçiliklar bilan şartlangan”, deb ma'lum qildi boşqa bir manba.

“VID” va Birinçi kanal vakillari bu holatga izoh berişmagan.

“Jdi menya” körsatuvi bir-birlaridan turli sabablarga köra ayrilgan insonlarning yana topişişlarida kömak körsatgan. U orqali minglab odamlar öz yaqinlari, döstlari, tanişlarini topişgan, ularni yana köriş baxtiga muyassar bölişgan.