Toşkentda 20-22 sentabr kunlari «Özekspomarkaz» MKMda «ÖZMeDEKSPO-2017» X Xalqaro Tibbiyot körgazmasi bölib ötadi.
Körgazma Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, «Özfarmsanoat» AK, «Dori-Darmon» AK, Özbekiston Respublikasida Xorijiy Farmatsevtika Kompaniyalari va Işlab çiqaruvçilari Vakolatxonalari Assotsiatsiyasi, Toşkent şahri hokimiyati qöllab-quvvatlovi bilan taşkil etilmoqda.
«ÖZMeDEKSPO-2017» közgazmasida eng yangi tibbiyot texnikalari, dori vositalari, zamonaviy materiallar, tibbiyot sohasidagi innovatsion tovarlar va xizmatlar namoyiş etiladi.
Tibbiyot texnikasi, dori vositalari, stomatologiya uskunalarini işlab çiqaruvçi kompaniyalar va tarqatuvçilar, şuningdek, klinikalar respublikaning turli mintaqalaridan taşrif buyurganlarga öz mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etadilar.












