Angliya Premer-ligasining 5-turidan örin olgan şanba kungi dastlabki uçraşuvda yangi boş murabbiyga ega bölgan «Kristal Pelas» öz uyida «Sauthempton»ni qabul qildi.
Uçraşuv taqdirini 6-daqiqada mehmonlar yarimhimoyaçisi Stiven Devis tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Natijada «Kristal Pelas» De Burdan lavozimni qabul qilib olgan Roy Hojson boşçiligidagi dastlabki mağlubiyatini tan olişga majbur böldi.
Şu bilan birga «Kristal Pelas» APLni ketma-ket beşta mağlubiyat bilan boşlab, ularda birorta ham töp kirita olmagan birinçi jamoaga aylandi. Şuningdek «burgutlar» APLda eng uzoq vaqt davomida gol kirita olmaslik böyiça «Nyukasl tomonidan örnatilgan 11 yil oldingi antirekordni ham takrorladi.
Jamoa hozirça APL turnir jadvalida sönggi 20-öringa muqim joylaşib olgan. «Sauthempton» 8 oçko bilan 5-poğonagaça kötarildi.
Angliya premer-ligasi, 5-tur
Kristal Pelas – Sauthempton 0:1 (0:1)
Gol: Devis (6).
Kristal Pelas: Hennessi, Şlupp, Denn, Uord, Pançon, Kabay, Taunsend, Makartur (Milivoyeviç, 69), Loftus-Çik (Sako, 78), Fosu-Mensa, Benteke.
Sauthempton: Forster, Yosida, Bertran, Soareş, Xudt, Romeu, Lemina, Devis, Tadiç (van Deyk, 87), Redmond (Uord-Prouz, 85), Long (Gabbyadini, 90).
Ogohlantirişlar: Kabay (33), Pançon (50), Uord (56), Makartur (67), Long (77), Denn (82).












