Ğijduvonlik Şahriyor Şohnazarovlar (ism-familiyalar özgartirilgan) oilasida sodir bölgan fojiani eşitgan mahalladoşlar yoqa uşlab, tarbiyaning avvali otadan-da, deyişdi istehzo bilan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

2016 yilning 24 iyul kuni. Zayniddin xotini Feruza bilan dehqonlardan kötarasiga olgan meva-sabzavotlarni bozorda ötirib sotib yaxşigina daromad topdi. Qaytişda savdo dökoniga oziq-ovqat mahsulotlari sotib oliş uçun kirgan Zayniddin bir şişa aroq ham oldi. Uyiga kelsa, otasining ham tomoği taqillab turgan ekan. Tuşlik dasturxonida ota-öğil otamlaşib olişdi. Şahriyor Şohnazarov nafsini qondirişga qondirdi-yu, muqaddam ikki marta sudlanib kelgan öğli Zayniddinga pand-nasihat qilmadi. Içkilik içişni kamaytir, deyişni xayoliga ham keltirmadi.

Soat 12:30larda bozorga yumuş bilan mast holda çiqib ketgan Zayniddin keçki payt kirib keldi. Oradan yarim soatlar ötib, katta öğil Fatxiddin ham şirakayf holatda keldi. Hovlidagi qandaydir besaranjomlikdan jahli çiqqan aka baland ovozda ukasining xotinini söka boşladi. Spirtli içimlik ta'sirida akasining xotiniga nisbatan aytilayotgan haqoratli sözlarini eşitgan uka asabiylaşa boşladi. Zayniddinni ham aslida miyasini karaxt, aqlini ötmas qilib qöygan aroq boşqarayotgan edi.

-  Sal u yoq-buyoğingizga qarab gapiring, aka!

-  Qaçondan buyon aqlli bölib qolding, ket bu yerdan?!

-  Nima?! Hozir körsatib qöyaman!!

Aka-ukalikni unutgan Zayniddin va Fatxiddinni heç kim ajratmadi. Yuz-közi, kökragi, qorni aralaş tuşayotgan muşt va tepkilarga javob berolmayotgan aka aroq içişga mukkasidan ketgani bois, özini himoya qilişga ojiz edi. Öz navbatida ukadagi şafqatsizlik ham spirtli içimlik ta'sirida yanada zörayib borardi. Nihoyat, tipirçilab tinçib qolgan aka ustidan ğolib bölgan uka biroz mağrur turdi. Qimirlamay yotgan akasiga biroz ötib jigarlik mehri alangalandi va yordam körsatiş uçun egildi. Biroq, Fatxiddin allaqaçon hayot bilan vidolaşgan edi.

Özga uyda çoy içib ötirgan Zaynab opaning qölidagi piyola qalqib tuşdi. Şu payt kirib kelgan kelin titragança aka-ukalar janjallaşayotgani, ularni ajrata olmaganini aytdi. Öğillarini töğri tarbiyalay olmagan onaning faryodi çeksiz samoni larzaga soldi. Ota qayerda xato qilganini yaxşi anglab turardi. Biroq endi juda keç... Toğdek öğlini tuproqqa topşirdi.

Kiçik öğil esa akasining qotili sifatida sud hukmi bilan 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.