Jahon | 00:40 / 16.09.2017
3956
1 daqiqa o‘qiladi

“Maks” dovuli Meksikada yuzlab uylarni vayron qildi

Meksikaning Gerrero shtati gubernatori Ektor Astudilo “Maks” dovuli San-Markos aholi punktida kamida 200 uyni vayron qilganini ma'lum qildi. 

Bundan tashqari, bir necha kishi jarohat olgani va bir kishi bedarak yo‘qolgani ma'lum qilingan.

“San-Markosda 200 uy vayron bo‘lgan, bir kishi yo‘qolgan”, deb yozgan gubernator tvitterda va fojiaga uchragan odamlarga hamdardlik bildirgan.

“Maks” dovuli Meksikaning Tinch okeani qirg‘oqlariga yopirildi va ayni vaqtda Gerrero shtatining sharqiy qismida kuzatilmoqda. Bu yerda kuchli yog‘ingarchilik va toshqinlar bo‘lishi kutilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid