Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy boği örnida “zamonaviy hamda yuqori texnologiyali madaniyat va istirohat boği” quriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 4 sentabr kungi qarorida aytiladi.
Loyiha qiymati 60 mln. dollar bölib, uning investoriga Stargate Systems MÇJ aylanadi.
Maydoni köl bilan birga 20,79 gektarni taşkil qiluvçi boğ, aholi, birinçi navbatda, yoşlarning “yuqori sifatli, jahon standartlari darajasidagi madaniy-ma'rifiy xizmatlarga” bölgan ehtiyojini qondirişi lozim, deya ta'kidlanadi qarorda.
Loyiha konsepsiyasiga köra, rekonstruksiya qilingan va zamonaviylaştirilgan yangi boğ har kuni 10 ming nafar taşrif buyuruvçiga xizmat körsata oladi.
Ma'lumotlarga köra, duşanba kunidan Milliy boğ yopiladi. 1 oktabrga qadar boğ hududidagi binolar buziladi, attraksionlar olib taşlanadi. 1 noyabrda esa boğning şu hududi uzoq muddatli ijara uçun investorga beriladi. Ijara muddati loyiha yakunlangandan keyin 49 yilga teng böladi. Yangi boğ 2021 yilning 1 yanvar kunigaça foydalanişga topşirilişi kerak.
Yangi boğda amfiteatr, rangli favvora, attraksionlar va hordiq çiqariş uçun boşqa köngiloçar obektlar quriladi.
Boğda ikkita “Amerika tepaliklari” attraksioni, ikkita bolalar avtodromi, interaktiv poyezd, labirint, syorfing bilan şuğullaniş uçun sun'iy tölqinli suv inşooti, törtta qölga örgatilgan delfin iştirokidagi şou-dastur uçun delfinariy oçilişi kutilmoqda.
Xorijdan olib kiriluvçi quriliş materiallari, uskunalar, texnika, attraksionlar, audio va videoqurilmalar, delfinlar, quşlar, baliqlar va ösimliklar bojxona tölovlaridan ozod etilgan.











