AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar Şimoliy Koreyaga qarşi kuç qöllaşning samarali çoralarini işlab çiqdi. Bu haqda u Merilend ştatida joylaşgan Endryus harbiy bazasidagi nutqi vaqtida aytib ötdi, deb xabar bermoqda USA Today.

«Bugun bu yerda bizning salohiyat va sizning sodiqligingizni körib, men şunga işonç hosil qildimki, bizning bu tahdidga javob tariqasidagi harakatlarimiz variantlari ham samarali, ham kuçli hisoblanadi», - deya ta'kidlab ötgan Tramp.

AQŞ prezidentining qöşimça qilişiça, AQŞ va uning ittifoqçilari öz xalqlarini «ularning hayot tarziga xavf uyğotmoqçi bölgan barçadan» himoya qiladi.

Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti KXDRga «yöq qilib taşlaş» bilan tahdid qilgandi.