Futbolga qiziqmayman, deb ayta olmayman. Vaqt bölganida, yoki vaqtliroq körsatilsa, Angliya va Ispaniya çempionatlarini köriş jonu dilim. Özbekiston çempionati öyinlarini körmay qöyganimga ança bölgan. 90-yillarda Özbekiston kubogi musobaqasining finalida Qöqonning «Temiryölçi» va Farğonaning «Neftçi» jamoalari kuç sinaşadigan böldi. Men öşanda qöqonliklar murabbiyi bilan suhbatda böldim. «Agar bizga hokimiyat mukofot pullarini qilib bermasa, biz öyinni yutqazib beramiz» deb oçiq aytgan gaplaridan keyin Özbekiston çempionati va Kubogi öyinlaridan hafsalam pir bölgan. Şundan keyin ham bot-bot Özbekiston çempionati öyinlarida kelişilgan öyinlar borligi haqida hamma joyda, hatto ommaviy axborot vositalarida ham ta'kidlanib turiladi.
Lekin, biror marta şu paytgaça, biror öyin tahlili böyiça kimdir javobgarlikka tortilgani, hatto bu masala mas'uliyatli organ, ya'ni Özbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan jiddiy tarzda körib çiqilgani haqida heç qanday ma'lumot yöq. Qaçonligi esimda yöqku, bir kuni Axbor Imomxöjayev öğillaridan birining jonli efirda olib borgan «Futbol şarhi» körsatuvini körib qoldim. Körsatuv mehmoniga, bir paytlar Hindiston terma jamoasiga murabbiylik qilgan, menimça ayni paytda FIFA uslubçisi bölib işlovçi Islom Ahmedovga «Nega Özbekistonga kelib biror bir jamoaga murabbiylik qilmaysiz?» deb savol berişdi. Şunda Islom Ahmedov «Bugungi kunda Özbekistondagi jamoalarda qaysi futbolçi öynaşini futbolga aloqasi yöq mansabdor kişilar hal etmoqda, men bunday şaroitda Özbekistonda işlay olmayman», deb javob bergani esimda. Menimça hozirgi kunda ham şunday savolga taniqli futbol mutaxassisi yana xuddi öşanday javob qaytarsa kerak. Özbekiston terma jamoasi esa mamlakatimiz futbolining közgusi, uning öyinlariga qarab mamlakat futbolining qay ahvolda ekanligini bilib oliş mumkin. Aytmoqçi bölganim, terma jamoamizning Jahon çempionati final öyinlariga bora olmasligi boşidan ma'lum edi. Xitoy va Koreya jamoalari bilan böladigan öyinlardan avval jamoa öyinini, uning treneri Babayanning notöğri taktika tanlab öyinga mutlaqo yaroqsiz bölgan Sergeyev, Lobanov kabi «öyinçilarni» maydonga tuşirayotgani, ularni tuşirişdan murabbiyning asosiy maqsadi ularni biror bir xorijiy klubga pullaş ekanligini rosa yozişdi. Terma jamoani Jahon çempionati öyinlarida körişning yagona usuli jamoa murabbiyini zudlik bilan almaştirilişi ekanligini rosa ta'kidlaşdi. Futbolimizga mutasaddi kattalar bu çiqişlarga zarraça ham e'tibor qilmadilar. Babayan beçora muxbirlardan xorijga qoçdi. Federatsiya kattalari jonli matbuot anjumaniga heç narsaga mas'ul bölmagan mutasaddilarni jönatişdi. Öşandayoq navbatdagi çempionat özbek futbolçilarisiz ötişi aniq bölib bölgandi, menimça. Işqibozlar işqiboz ekanda, yana umid qilişdi. Xitoy va Koreyani mağlubiyatga uçrata olsa Babayanga bundan keyin ham «çidayveramiz» deyişgaça borişdi. Biroq... Mö'jiza röy bermadi. Öşa futbol, öşa öyinçilar, öşa taktika, öşa bahonalar...
Töğrisi, öyinçilarimizning maydondagi ahvollarini körib rahmim keldi. Öyin boşidanoq ularning közidagi qörquv va xavotirlikdan, harakatlaridagi majolsizlikdan uçraşuv taqdiri aniq edi. Va kutilganidek natija böldi. Bilasizmi, öyindan söng ayrim öyinçilarning yiğisi ham soxtadek tuyildi menga. Yaraşmagan yiği edi bu. Bir paytlar qöşni sinfga basketbol öynab yutqazganimizda, rosa yiğlaganmiz. Heç kimdan uyalmay yiğlaganmiz. Bizni hatto raqiblarimiz ham yupata boşlaşgan. Sababi öşa yiğimiz haqiqiy yiği edi, rosa jon berib öynalgan öyin mağlubiyatidan keyingi alam köz yoşlari edi. Futbolçilarimiz esa özbek jamoatçiligidan qörqib yiğlaşgandek tuyildi, menga. Qolaversa, şu öyin bilan Rossiyaga borib yiğlagandan köra, hozir yiğlab olgan ham ma'qulroq özi.












