2017 yilning 6 sentabrdan 7 sentabr kuniga ötar keçasi, noma'lum şaxs, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Sergeli tumani hududida joylaşgan xususiy korxonaga kiriş eşigi qulfini buziş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, u yerdan fuqaro S.A.S.ga tegişli bölgan jami 12.620.000 sömlik mol-mulkini öğirlagan. Bu haqda Toşkent IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik, ya'ni xonaga ğayriqonuniy ravişda kirib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.
Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni N.K.Yu. sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekşirilmoqda.











