AQŞning Boyse şahridagi (Aydaxo ştati) avtoşou vaqtida avtomobilning tomoşabinlarga urilişi oqibatida kamida 11 kişi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lum qildi.
Boyse politsiyasi saytida çop etilgan bayonotda aytilişiça, Cars and Coffee avtoşousida qatnaşgan kulrang Porsche maşinasi haydovçisi katta tezlikda boşqaruvni qöldan çiqargan.
Voqea oqibatida 6 kişini tez tibbiy yordam maşinasi olib ketgan, yana 5 kişi xususiy maşinalarda şifoxonalarga yetkazilgan.
Politsiya leytenanti Çarlz LeBarning aytişiça, voqea haydovçi odamlar oldida “özini köz-köz qilişi” sababli yuz bergan bölişi mumkin. “Menda mavjud ma'lumotlarga köra, haydovçi tomoşabilar oldida özini köz-köz qilgan”, deb aytgan leytenant. Uning aytişiça, haydovçi juda katta tezlikda harakatlangan va boşqaruvni qöldan çiqarib, tomoşabinlar bölgan trotuar va ötloqqa uçib çiqqan.
Ayni vaqtda voqea tergov qilina boşlangan. Voqeaga aybdor haydovçi körsatmalar bergan.

















