Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada to‘fon sababli 600 ta aviareys bekor qilindi
Yaponiyada 18 tartib raqamini olgan “Talim” to‘foni sababli mahalliy aviakompaniyalar kamida 585 ta mahalliy va xalqaro reysni bekor qilishdi.
Yaponiyaning JAL (Japan Airlines) va ANA (All Nippon Airways) kabi yirik aviakompaniyalari mos ravishda 151 ta va 225 ta mahalliy reysni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Peach Aviation kompaniyasi 53 ta mahalliy va xalqaro reysni qoldirgan. Jetstar esa 43 ta reys qoldirilishini ma'lum qilgan. Shuningdek, to‘fon sababli Japan Air Commuter, Skymark airlines, Solaseed Air, Spring Japan, Japan Transocean va Vanila Air kompaniyalari umumiy hisobda 114 ta reysni bekor qilishgan.
Ayni vaqtda “Talim” to‘foni Yaponiyaning janubidagi Kagosima prefekturasida kuzatilib, shimoli-sharqiy yo‘nalishda harakatlanmoqda. Uning markazidagi bosim 975 gektopaskalni, shamol kuchi soniyasiga 30 metrni tashkil qilmoqda. Ob-havo mutaxassislarining fikricha, to‘fon sababli Kyusyu va Sikoku orollarida dushanbagacha 350 mm yog‘ingarchilik tushishi mumkin.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026