Atlantika okeani hududida, Janubiy Amerika qirğoqlari va Karib dengizi havzasidan uzoq bölmagan hududda «Mariya» dovuli paydo bölmoqda. Bu haqda AQŞ dovullarni tadqiq qiliş markazi xabar berdi.

Sinoptiklar ma'lumotiga köra, ayni vaqtda pörtana soatiga 32 km tezlikda ğarbga tomon harakatlanmoqda. Mutaxassislar u yanada kuçayişi ham mumkinligini aytişgan. 

Sinoptiklar prognozlariga köra, keyingi haftada «Mariya» ştormi böronga aylanadi. Undan Karib dengizi hududidagi orollar jabr çekişi mumkin. Hafta örtasiga borib «Mariya» dovuli eng avjiga yetadi va Virjiniya orollari hamda Puerto-Rikoga yetib boradi.

Ötgan hafta boşida Atlantikada «Xose» nomli tropik pörtana boşlangandi. U tezda birinçi darajaga çiqdi va tezda susaydi. Ayni vaqtda bu dovul AQŞning şarqiy qirğoqlari böylab şimol tomon harakatlanmoqda. Meteorologlar «Xose» yana boşlanğiç darajasiga qaytişi mumkinligidan ogohlantirgan.