2016 yilda dunyoda oçarçilikdan aziyat çekuvçilar soni 815 mln kişini yoki sayyoramiz aholisining 11 foizini taşkil qildi. Bu 2015 yildagi körsatkiçdan 38 mln kişiga köproq bölgan. Bu haqda BMT tarkibiga kiruvçi uçta taşkilot – YUNISEF, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va Butunjahon oziq-ovqat dasturiga iqtibos keltirgan holda DW naşri xabar bermoqda. 

Ta'kidlanişiça, 2016 yilda oçlikdan aziyat çekuvçilar soni oxirgi 10 yil içida ilk marta oşgan. 2005 yilda bunday odamlar miqdori 926 mln kişini taşkil qilgandi, biroq keyingi yillarda bu raqam muntazam kamayib borgan. 

Oçlikdan aziyat çekuvçi odamlar eng köp Osiyoda yaşaydi va ularning soni 520 mln kişini taşkil qiladi. Biroq Afrikada bunday odamlar uluşi eng köpni, ya'ni aholining 20 foizini yoki 243 mln kişini taşkil qiladi. Şarqiy Afrikada oçlikdan aziyat çekuvçilar uluşi 34 foizdan iborat.

BMTning fikriça, dunyoda oçarçilik muammosining keskin avj olişi harbiy mojarolar va iqlim özgarişlari bilan boğlangan.