Aslida, insonlar öqişni juda yaxşi köradi. Amaliyot şuni isbotladiki, şaharlarda qad rostlagan kutubxonalar doimo odamlar diqqat markazida bölib keladi. Internet rivojlanib borişi va kattalarning yoşlar savodsizligidan doim nolişiga qaramay, biz hali ham bilim tomon intilamiz. Ayniqsa, bilim manbai sifatida mana bunday yorqin arxitektura durdonalari qad rostlangan bölsa.

Boyazid davlat kutubxonasi, Istanbul

Bino 1506 yil qurilgan bölib, yöl böyidagi karvonsaroy sifatida xizmat qilgan. Faqatgina 19 asr oxiriga kelib u davlat kutubxonasiga aylanadi. Yaqindagina arxitektura yodgorligini yangilaş işini Tabanlioglu studiyasining mutaxassislari öz böyniga oldi va saqlanib qolgan mumtoz namuna bilan ozgina zamonaviy dizaynni uyğunlaştirdi.

Venessla, Norvegiya

Norvegiyaning Vennesla kutubxonasi koinot portalidek körinişga ega. Har bir börttirma bölinmalarning öz yoritgiçi mavjud bölib, u har bir taşrif buyuruvçiga ayni daqiqaning ğalati, omonat hissiyotini ulaşadi. Tovuşlarni yutib yuboruvçi materiallar zalga ajoyib jimjitlikni hadya qiladi.

Birmingem kutubxonasi, Angliya

Birmingem kutubxonasining taşqi körinişi metall tör bilan öralgan juda ham qöpol, qaqşatqiç bölib körinadi. Biroq yorqin ranglar va toza çiziqlar bilan töldirilgan interer taassurotni mutlaqo özgaça tomonga burib yuboradi.

Çikago ommaviy kutubxonasi, AQŞ

Çikagodagi ommaviy kutubxonaning yangi soddalaştirilgan binosi huddi gavjum şahar örtasiga kelib köngan koinot kemasini yodga soladi. Arxitektorlar quriliş vaqtida fen-şuy tamoyillariga asoslangani diqqatga sazovordir.

Dokk1 Library, Daniya