Fransiya çempionatinig 6-turidan örin olgan uçraşuvlardan birida «Monako» öz uyida «Strasburg»ni qabul qilib, yirik hisobda ğalaba qozondi.
Birinçi bölimda Lopeşning goliga ikkinçi bölimda Radamel Falkaoning dubli evaziga 3:0 hisobidagi ğalabani tantana qildi.
Uşbu ğalabadan keyin «Monako» hisobidagi oçkolar soni 15taga yetdi va jamoa peşqadam «PSJ»ga yetib oldi. «Strasburg» esa 4 oçko bilan 19-poğonani band etib turibdi.
Fransiya çempionati, 6-tur
Monako – Strasburg 3:0 (1:0)
Gollar: Lopeş (44), Falkao (51, 67).
Monako: Benalo, Glik, Jorjye, Jyemerson, Sidibe, Tilemans, Fabino, Lopeş (Karrilo, 72), Gezzal, Yovetiç (Keyta, 59), Falkao (Meite, 85).
Strasburg: Kamara, Martines (Lienar, 46), Mangan, Seka, Kone, Sako (Grimm, 68), Axolu, Marten, Tere (Gonsalves, 74), Saadi, Da Koşta.
Ogohlantirişlar: Marten (1), Mangan (63), Sidibe (73), Jorjye (84).












