«Liverpul» yarim himoyaçisi Filippe Koutino nihoyat «Barselona» bilan boğliq savolga javob berdi.
«Ha, ularning taklifi meni qiziqtirib qöygan edi. «Barselona» kabi jamoada töp suriş şaraf. Ammo men hozir «Liverpul» va Braziliya terma jamoasida mavsumni munosib ötkaziş haqida öylamoqdaman. «Liverpul» safida töp suriş ham şaraf va men bu jamoani va uning muxlislarini hurmat qilaman» - dedi yarim himoyaçi ESPN telekanaliga bergan intervyusida.
Ma'lumki, yozgi transfer dariçasi çoğida 25 yoşli futbolçi «Barselona»ga ötmoqçi bölgan va ingliz jamoasi safida maydonga tuşişdan boş tortgandi. Ammo yakunda klublar transfer böyiça kelişuvga erişa olişmadi.
Koutino keça, APL ning 5-turida uşbu mavsumda ilk bor maydonga tuşdi. Enfildda «Byornli» ga qarşi keçgan öyin 1:1 hisobida yakunlandi.












