Pokiston şimoli-ğarbidagi Qabilalar federal boşqarmasi hududida masofadan turib boşqariluvçi portlovçi qurilma harakatga kelişi natijasida kamida beş kişi halok böldi, ulardan biri amaldor. Bu haqda Geo TV telekanali xabar tarqatdi.
Hodisa yakşanba kunining birinçi yarmida Badjaur agentligi hududidagi Navagay tumanida röy bergan. Ma'muriyat vakillari ma'lumotiga köra, bomba yöl çetida portlagan.
Xavfsizlik xizmati xodimlari hududni örab olişgan va terrorçilarni qidirişni boşlaşgan. Hozirça heç bir taşkilot uşbu portlaş uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmadi.
Qabilalar yaşovçi bu hudud Afğoniston bilan çegaradoş hisoblanib, Pokistonning eng beqaror hududi hisoblanadi. Mart oyida Pokiston hukumati "Qabilalar hududi"ni Xayber-Paxtunxva viloyati bilan birlaştiriş haqida qaror qabul qilgandi.












