Saul Alvares qozoğistonlik Gennadiy Golovkinga qarşi keçgan va durang natija bilan tugagan jangi borasida fikr bildirdi.
«Uning kuçli jihatini bilişni istardim. Yöq, u meni heç bir jihati bilan qoyil qoldira olmadi. Men buni hisobga olgan holda, öz taktikamni qölladim. Sakkiz raundda ustunlik qilgandim. Men oxirgi raundlar arafasida jangda ğalaba qilib bölganimni his etgandim. Endi men revanş olişni istayman. Agar odamlar bunday jangni istaşsa, men tayyorman», – deya Alvaresning sözlarini keltirgan BoxingScene.
Uşbu jang yakunida referilardan biri Golovkinga ğalaba berdi (115-113), ikkinçisi – Alvaresga (118-110), uçinçi hakam esa kuçlar teng kelganini ma'lum qildi (114-114).












