Davlat rahbari Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar vakillari iştirokida bölib ötgan videoselektor yiğilişida, kimningdir otasi yoki akasi, qarindoşlari sudlangan yoki qamalgan, degan vajlar bilan yaxşi-yaxşi kadrlar boşqaruvga yaqin yölatilmaganligini ta'kidlab, köp yillardan buyon öz yeçimini topmay kelayotgan juda muhim, aniqroq aytganda, muammoli bir masalaga e'tibor qaratdi. 

Bizning nazarimizda, uşbu masalaning muhim jihatlaridan biri, avvalambor, oliy öquv yurtlarini tugallab, u yoki bu sohada, bu davlat hokimiyati va boşqaruvi böladimi, boşqa sohalar böladimi, qaysi sohada bölsa ham işlab, jamiyat rivojiga öz hissasini qöşaman degan yoş avlodning ertangi hayoti, kelajagi bilan bevosita boğliqdir. Şuningdek, bu masala keyingi yillarda mamlakatda izçil amalga oşirilayotgan sud-huquq islohotlari bilan boğliq ekanligi sababli, şu haqdagi ayrim fikrlarimiz bilan örtoqlaşib, sudlanganlik holatining huquqiy ahamiyati va boşqa ayrim jihatlariga töxtalib ötişni lozim deb topdik. 

Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 77-80-moddalarida sudlanganlikning huquqiy ahamiyati, olib taşlanişi, şuningdek, sudlanganlik holatining tugallaniş yoki sudlanganlikni olib taşlaş muddatlarini hisoblaş nazarda tutilgan. Unga köra, sudlanganlik şaxsning sodir etgan jinoyati uçun hukm etilganligidan kelib çiqadigan huquqiy holatdir. 

Jinoyat kodeksida sudlanganlik muddatining ötib ketganligi yoki sudlanganlikning olib taşlanişi munosabati bilan uning barça huquqiy oqibatlari bekor böladi, deb belgilab qöyilgan. Demak, Jinoyat kodeksining yuqoridagi normasiga köra, şaxsning sudlanganlik muddati ötdimi yoki sudlanganligi olib taşlandimi, bu bilan uning barça huquqiy oqibatlari bekor böladi. 

Xöş, şunday ekan, şu vaqtga qadar qonunçiligimizda sudlanganlikning huquqiy holati va oqibatlari amaldagi qonun hujjatlari normalari bilan tartibga solinib, amaliyotda qöllanib kelinayotgan bölsa-yu, bu sohada yana qanday muammolar bölişi mumkin, degan savol tuğiladi. 

Şu örinda, bundan bir neça yil avval bir tanişim bilan bölib ötgan suhbat jarayoniga töxtalib ötmoqçiman. Suhbatdoşimning aytişiça, u bundan yigirma yillar avval savdo-sotiq qoidalarini buzganligi uçun sud tartibida belgilangan javobgarlikka tortilgan. Oradan bir neça yillar ötib, suhbatdoşimning oliy yuridik ma'lumotga ega öğli davlat idorasiga işga kiriş maqsadida hujjatlarni topşirganda, uni otasi sudlangan degan vaj bilan işga qabul qiliş rad etilgan. Şundan söng, uşbu masalani qonuniy hal etilişini sörab sudga ariza bilan murojaat qilgan hamda sudning ajrimiga asosan uning sudlanganligi olib taşlangan. Ammo, şundan keyin ham uning öğlini, vaholanki, qölida otasini sudlanmagan degan sudning ajrimi bölişiga qaramasdan, IIB axborot markazidan olingan ma'lumot vaj qilinib, işga qabul qiliş rad etilgan.