Dunyo yetakçilarining soatlari bahosi qança ekan haqida heç öylab körganmisiz? Hayratlanişga tayyor turing: bunday darajali kişilar ança kamtar xronometrlarni tanlaşadi. Bankirlar, Uoll-Strit işbilarmonlari va jiddiy tadbirkorlar esa közga taşlanuvçi, olmoslar bilan bezatilgan yoki oq tilladan işlangan soatlarni taqişlari mumkin. Trendymen tomonidan taqdim etilgan soatlar mexanizmi juda murakkab, ularning millari heç qaçon şoşmaydi, ortda qolib ham ketmaydi. Ba'zilari gravitatsiya ta'sirini hisobga oluvçi maxsus mexanizm - turbiyon bilan jihozlangan. Bunday murakkabliklar va bezaklar dunyoda eng qimmat deb topilgan xronometrlarning narxini muayyan darajada oşiradi.

Piaget Emperador Temple

Foto: Trendymen

Narxi: 3,3 million dollar

Köplab olmoslar ostida deyarli körinmayotgan 18 karatli oltin. Ustki qopqoqning öziyoq 481 dona olmos bilan bezatilgan! Butun dunyoda bu soatlarning atigi ikki nusxasi mavjud, ulardan biri sotib bölingan.

Patek Philippe Single-Button Chronograph Watch

Foto: Trendymen

Narxi: 3,6 million dollar

Körinişidan oddiy xronograf 1928 yilda fransuz grafining buyurtmasiga köra işlangan. Bu soat avvalgi nusxaga nisbatan ança kamtar körinadi - atigi 28 ta qimmatbaho toş va oq tilla. Şunisi qiziqki, 2011 yildagi kimoşdi savdosida bu soat uçun haqiqiy "jang" ketgan, ğolib esa u uçun 3,5 million dollardan ziyod pul tölaşiga töğri kelgan.

Patek Philippe Single-Button Chronograph Watch

Foto: Trendymen

Narxi: 3,9 million dollar