Fransiya çempionatining 6-turidan örin olgan sönggi uçraşuvda «PSJ» «Lion»ni qabul qildi.

Uçraşuvning birinçi bölimida hisob oçilmadi. 75-daqiqaga kelib, parijliklarning özi gol uravermagaç, «Lion» himoyaçisi Marselo öz darvozasiga töp kiritib qöya qoldi. 79-daqiqaga kelib Edinson Kavani penalti tepiş imkoniyatiga ega böldi, lekin bu vaziyatdan urugvaylik futbolçi foydalana olmadi. 86-daqiqada esa yana «Lion» himoyaçisi, bu safar Jyeremi Morel öz darvozasini işğol qildi va «PSJ»ga işonçli ğalaba uçun kömaklaşib yubordi.

Uşbu ğalabadan keyin «PSJ» hisobidagi oçkolar soni 18taga yetdi va jamoa turnir jadvalida yakka peşqadam bölib turibdi. «Lion» esa 11 oçko töplagan holda, 5-poğonaga joylaşgan.

Fransiya çempionati, 6-tur

PSJ – Lion 2:0 (0:0)
Gollar: Marselo (75, avtogol), Morel (86, avtogol).
PSJ: Areolya, Dani Alves, Tiago Silva, Kimpembe, Kurzava (Berçiçe, 73), Motta, Rabo, Mbappe, Draksler (Lo Çelso, 72), Neymar, Kavani.
Lion: Antoni Lopeş, Tete, Marselo, Morel, Mendi, Tuzar, Ndombele (Martinş Pereyra, 72), Traore, Fekir, Depay (Auar, 90), Dias (Korne, 63).
Ogohlantirişlar: Motta (45), Fekir (55), Neymar (76), Mendi (79), Tiago Silva (81).