Latviya xavfsizlik politsiyasi öz saytida josuslarni aniqlaş böyiça tavsiyalarni çop etdi.

Uşbu yöriqnomada Latviya davlat va munitsipal muassasalarining mansabdor şaxslari josuslar ular bilan aloqaga kirganda yoki ularda bu haqda şubha paydo bölganda özlarini qanday tutişlari kerakligi böyiça körsatmalar keltirilgan.

Unga köra, özlarini juda betakalluf va xuşmuomala tutişga harakat qiluvçi, suhbatning norasmiy usuliga tez ötişga harakat qiluvçi, ijtimoiy tarmoqlarda aloqalar örnatuvçi va mafkuraviy qaraşlar böyiça bahslaşib, munosabat uyğotmoqçi bölgan xorijliklarga alohida e'tibor beriş tavsiya qilingan.

Şuningdek, mamlakatdagi, işdagi vaziyat va şaxsiy moliya haqida savollar beruvçi xorijliklarga ehtiyotkorona munosabatda böliş kerak.

Hujjatda ta'kidlanişiça, xorijiy maxsus xizmatlar xodimlari suhbatni işdan taşqari mavzularga yönaltirişga urinişlari, aloqani norasmiy vaziyatda va işdan taşqari vaqtda davom ettiriş, şaxsiy ehtiyojlar uçun ma'lumot söraş, xizmatlar evaziga iş bilan boğliq masalalarda yordam taklif qilişlari mumkin. 

Xavfsizlik politsiyasi fikriça, xorijiy josuslar şu tariqa Latviyaning milliy manfaatlari va xavfsizligi haqida yopiq ma'lumotlarni olişni istaydilar, amaldorlar esa bunday ma'lumotlarga ega bölgan qimmatli manbalardan biri hisoblanadi.

“Josuslarni nafaqat maxfiy ma'lumot, balki muassasalarning kundalik faoliyati va amaldorlari, nodavlat sektoridagi işçi hamkorlar, qonun loyihalari, taraqqiyot dasturlari va islohotlar, xaridlar rejasi, içki tartiblar, muassasalarning xodimlar tarkibi haqidagi ma'lumotlar ham qiziqtiradi”, deyilgan yöriqnomada.

Xorijiy josuslar özlarini diplomatlar, davlat va munitsipal muassasalar xodimlari, huquq-tartibot idoralari işçilari, tadbirkorlar va jurnalistlar qilib körsatişlari mumkin.

Agarda josus bilan aloqa yuz bergandek tuyulsa, unda javob berişdan qoçiş, va'dalar bermaslik va öz zimmasiga majburiyatlarni olmaslik, xorijlik qanday ma'lumot olişni istayotganiga e'tibor qaratiş va şubhali aloqa haqida muassasaning xavfsizligi uçun mas'ul şaxs yoki xavfsizlik politsiyasiga zudlik bilan ma'lum qiliş tavsiya qilinadi.