InstaView Door-in-Door (SM) özida ilğor dizayn va yuqori işlab çiqaruvçanlikni jamlagan
LG Electronics maişiy texnikadan yuqori qulaylik va sifatni kutadigan özbek iste'molçilariga InstaView Door-in-Door (SM) muzlatgiçining yangi Side-by-Side modelini taqdim etmoqda. Bunday toifadagi oddiy modellar odatda içki joylaştirilgan dispenserga ega, LG InstaView Door-in-Door (SM) muzlatgiçi esa kontseptual 33 dyuymli maxsus panelga ega. U muzlatgiçni oçmay turib, uning içida nima bor ekanini köriş imkonini beradi.

InstaView Door-in-Door (SM) – muzlatgiçdan foydalanişda yangiça yondaşuv
InstaView funksiyasi tufayli maxsus panelga ikki bor taqillatib qöyiş kifoya. Şunda muzlatgiçning içida çiroq yonadi – foydalanuvçi şu orqali qurilmani oçmay va undan sovuq havoni çiqarmay turib, içkarida nima borligini köradi. Bundan taşqari, «Eşikda eşik» keng kamerasi (Door-in-Door (SM) foydalanuvçi eng köp oladigan mahsulotlar va içimliklarni osonlik bilan joylaştiriş imkonini yaratadi. Muzlatgiç kamerasini yaşirin tugmaçani bosiş bilan osongina va ortiqça harakatlarsiz oçiş mumkin.


Işonç, tejamkorlik va foydalanişning qulayligi
LG InstaView Door-in-Door (SM) muzlatgiçida saqlanayotgan mahsulotlar işonçli, energiya samarador va sokin Invertorli Liniyali kompressor (işlab çiqaruvçidan 10 yil kafolat) tufayli köproq muddat yangi holatdagidek turadi.
Şuningdek, LG InstaView Door-in-Door’da (SM) Hygiene Fresh (+SM) filtri örnatilgan, u ehtimoliy yoqimsiz hidlar va muzlatgiç içidagi bakteriyalarni 99,99%ga yöqotadi.
FRESH Balancer (SM) optimal namlik zonasi mevalar hamda sabzavotlar yangiligi va foydali xususiyatlarini uzoqroq saqlab turişni ta'minlaydi. Oddiy sozlama orqali bu yerdagi namlikning turli darajalarini nazorat qiliş imkoni bor. Şuningdek, InstaView Door-in-Door (SM) foydalanuvçilari pişloqlar va delikateslar kabi kiçik mahsulotlarni qulay saqlaş uçun qöşimça bölinmaga yuqori baho berişadi.












