Singapur Gran-prisi ötadigan “Marina Bey” trassasida “Formula-1” poygasining 14-bosqiçi öz nihoyasiga yetdi.
Poygada marraga birinçi bölib Mercedes’ning britaniyalik poygaçisi Lyuis Hemilton yetib keldi. 2-örinni Red Bull a'zosi Daniel Rikkardo, 3-örinni esa Mercedes’ning yana bir vakili – Valtteri Bottas egalladi.
Uşbu ğalaba Hemiltonning faoliyatidagi oltmişinçi yubiley ğalabasi böldi.
Poyganing boşida yomğirdan höl bölgan trassada bolidlar töqnaşuvi yuz berdi. Buning oqibatida birdaniga uç kuçli poygaçi – Maks Ferstappen (Red Bull), Kimi Raykkonen va Sebastyan Fettel (ikkalovi ham Ferrari) poygani barvaqt tugatişga majbur böldilar. Styuardlar uşbu töqnaşuvni taftiş qiladigan bölişdi.

Gran-prining özi esa yomğir va köplab töqnaşuvlar sababli barvaqt yakunlandi. Poygaçilar belgilangan 61 aylana örniga, 58 aylana bosib ötişdi.
14 ta bosqiçdan keyin Hemilton 263 oçko bilan yetakçilik qilmoqda, uning ortidan kelayotgan Fettelda esa 235 oçko bor.
Poyganing keyingi bosqiçi Malayziyada 29 sentabr-1 oktabr kunlari bölib ötadi.












