Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 sentabrdagi qaroriga köra, poytaxtimizdagi Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy boği örnida «zamonaviy hamda yuqori texnologiyali madaniyat va istirohat boği» qurilişi rejalaştirilayotgani haqida xabar bergan edik.

60 million dollarga baholangan loyiha investori «Stargate Systems» MÇJning konsepsiyasiga köra, rekonstruksiya qilingan va zamonaviylaştirilgan yangi boğ har kuni 10 ming nafar taşrif buyuruvçiga xizmat körsata oladi.

Maydoni köl bilan birga 20,79 gektarni taşkil qiluvçi boğ aholi, birinçi navbatda, yoşlarning «yuqori sifatli, jahon standartlari darajasidagi madaniy-ma'rifiy xizmatlarga» bölgan ehtiyojini qondirişi lozim, deya ta'kidlanadi qarorda. 

Ma'lumotlarga köra, ertadan Milliy boğ yopiladi. 1 oktabrga qadar boğ hududidagi binolar buziladi, attraksionlar olib taşlanadi. 1 noyabrda esa, boğning şu hududi uzoq muddatli ijara uçun investorga beriladi. Ijara muddati loyiha yakunlangandan keyin 49 yilga teng böladi. Yangi boğ 2021 yilning 1 yanvar kunigaça foydalanişga topşirilişi kerak.

Zamonaviy boğda amfiteatr, rangli favvora, attraksionlar va hordiq çiqariş uçun boşqa köplab köngiloçar obektlar quriladi. Jumladan, boğda ikkita «Amerika tepaliklari» attraksioni, ikkita bolalar avtodromi, interaktiv poyezd, labirint, syorfing bilan şuğullaniş uçun sun'iy tölqinli suv inşooti, şuningdek törtta qölga örgatilgan delfin iştirokidagi şou-dastur uçun delfinariy oçilişi kutilmoqda.
 
Siyosiy  fanlar doktori va psixologiya fanlari nomzodi, professor, Jahon iqtisodiyoti  va diplomatiya universitetining Muzokaralar laboratoriyasi mudiri va Amaliy diplomatiya kafedrasi professori, Favqulodda va Muxtor Elçi Alişer Omonullayeviç Fayzullayev özining Facebook'dagi sahifasida uşbu boğ qurilişi bilan boğliq mulohazalari bilan örtoqlaşdi.

Alişer Navoiy nomidagi Milliy boğ örnida barpo etiladigan «yuqori texnologiyali madaniyat va istirohat boği» haqida

Rostini aytaman: bu loyiha mening könglimni juda xira qildi. Hozir jahonning biror joyida şahar örtasida bunday katta attraksionlar qurilmayapti. Taklif etilgan loyiha şahar çekkasida qurilsa, uni qöllab-quvvatlardim. Milliy boğ maqomiga ega, jamoatçilik sohili bölgan, şahar uçun tarixiy yaşil göşa örnida nafaqat attraksionlar va delfinariy, balki yirik savdo majmuasi ham qurilişi közda tutilmoqda. Yana qaytaraman, şahar çekkasida, qandaydir böş yotgan yer topib, öşa yerni obodonlaştirişganda boşqa gap edi.