«2017 yil avgust oyidagi imtihonlardan «quruq» çiqqan Toşkent moliya instituti öz repertuariga sodiq qolgan holda, yangi «sahna körinişlari»ni namoyiş etmoqda», deb yozadi bloger Mirzo Subhanov  öz blogida.

Uning olib borgan kiçik suriştiruviga köra, «bu galgi közböyamaçilik institutga yangi öqituvçilarni «işga oliş», aniqroği, «işga olmaslik» bilan boğliq».

«Gap şundaki, TMI tomonidan 2017 yil 6 sentabr kuni bandlikka kömaklaşiş markazining rasmiy saytida «Oliy öquv yurti öqituvçisi» lavozimiga 24 yangi iş örinlari taklif etilgan. Bu vakansiyalar böyiça «Toşkent oqşomi» gazetasida ham e'lon çiqarilgan. Faqat «tasodifan» institut rasmiy saytida bu böyiça ma'lumot berilmagan, xolos.

Vakansiyada institutning kadrlar bölimi telefoni joylaştirilgan. Berilgan telefon raqamlariga boğlanganimizda, quyidagi javob bizni hayratga soldi:

«Bizda darslar avgust oyidayoq taqsimlab bölingan va böş iş örinlari mavjud emas!»

Rasmiy saytda 24ta yangi iş örni qayerdan paydo bölgan, deb institut joylaşgan hudud böyiça — Yunusobod bandlikka kömaklaşiş  markaziga murojaat etdik. Markaz Toşkent moliya instituti 4 sentabr kuni 24ta vakansiya e'lon qilganini rasman tasdiqladi va hattoki bu vakansiya böyiça 13 sentabr kuni gerb muhrli «işga yöllanma»ni rasmiylaştirdi.

Rasmiylaştirilgan yöllanma bilan biz Toşkent moliya institutiga otlandik. Oldinda bizni yangi va yangi sarguzaştlar kutar edi.

Institutning kadrlar bölimiga yöllanmani taqdim etişga harakat qilganimizda, «siz keçikdingiz, biz odam olib böldik», degan javobni oldik. Holat yuzasidan e'tiroz bildirganimizda, kadrlar bölimi — öquv uslubiy boşqarma boşliğiga, öquv uslubiy boşqarma boşliği öz navbatida — institut kengaş kotibiyatiga, kotibiyat — kafedra mudirlariga, kafedra mudirlari «estafeta tayoqçasi»ni yana kadrlar bölimiga yölladi.

Kvadrat bir tepar uslubini yaxşi özlaştirgan TMI futbolçilarga hatto milliy terma jamoamiz a'zolari havas qilsa arziydi!

Bu holatni nazariy örganişga harakat qilaylik: Toşkent moliya instituti 24ta vakansiyani nima uçun e'lon qildi?

5 yilda bir marta har bir vakant joy qaytadan tanlov asosida rasmiylaştirilişi kerak ekan.