«PSJ» himoyaçisi Dani Alves «Lion»ga qarşi keçgan öyinda jarima zarbasi belgilangan vaqtda jamoa hujumçisi Edinson Kavani bu zarbani amalga oşirişiga yöl qöymadi.

Bu holat videosida u töpni quçoqlab olib Kavanidan yaşirgani va keyin vatandoşi Neymarga uzatganini köriş mumkin.

Öyinning 79-daqiqasida ham Neymar va Kavani penaltiga talaşgan, urugvaylik futbolçi töpni Neymarga bermagan, uning özi gol ura olmagan. Bu vaqtda hisob 1:0 körinişida edi.

«PSJ» «Lion»ni 2:0 hisobida mağlub qildi. Parijliklarning ğalabali seriyasi 6 öyinga yetdi, «Lion» mavsumdagi ilk mağlubiyatini qabul qilib oldi.

Öyindagi ikki gol ham mehmonlar jamoasi himoyaçilari nomiga avtogol sifatida yozildi. Marselo va Jyeremi Morel Kavani va Mbappening zarbalaridan keyin töpni darvozaga yöllab qöydi.