GFR taşqi işlar vaziri Zigmar Gabriel Şimoliy Koreya bilan töğridan-töğri muzokaraga çaqirdi hamda KXDR yetakçisi Kim Çen In «tentak emasligini» ma'lum qildi. Gabriel bu haqda Bild gazetasiga bergan intervyusida aytib ötgan.

«Kim Çen In tentak emas. U ehtiyotkorlik bilan işlab çiqilgan strategiyaga amal qilmoqda. Uning fikriça, agarda atom bombasiga ega bölsa, rejimi xavfsiz holatda turadi», - degan Germaniya TIV rahbari.

U AQŞ, Rossiya va Xitoyni töğridan-töğri muzokaralar taşabbusi bilan çiqişga çaqirdi. Muzokaralarda KXDRga «xavfsizlikni atom bombasidan boşqa imkoniyatlar bilan ta'minlaş kafolatlari taqdim etilişi lozim».

Şuningdek, Gabrielning taxminiça, BMT Xavfsizlik Kengaşi tomonidan Şimoliy Koreyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar öz işini beradi. Uning sözlariga köra, xuddi Eron bilan vaziyatdagi kabi, buning uçun biroz vaqt talab etiladi.

Avvalroq Donald Tramp AQŞ KXDRga qarşi kuç qöllaşning samarali variantlarini işlab çiqqani haqida ma'lum qilgandi.