Xalqaro tölovlar banki birinçi marta vayuta derivativlari ortida yaşiringan global dollarli majburiyatlar hajmini ilk marta hisoblab çiqdi. Unga köra, jahon YaIMning 18 foizini taşkil etuvçi bu qarzdorlik buxgalterlik hisobotlarida közga taşlanmaydi.
 
AQŞ taşqarisidagi nobank taşkilotlarida (xej-fondlar, nomoliyaviy kompaniyalar, davlat idoralari va b.) 13–14 trln dollar miqdorida hisobga olinmagan qarzlar mavjud. Ular valyuta derivativlari, jumladan valyutaa svoplari (FX swaps, currency swaps) va valyuta forvardlari böyiça dollarlii majburiyatlaridir, deya baholagan Xalqaro tölovlar banki (BIS).

«Bu qarzlar körinmay qolişiga sabab — moliyaviy hisob-kitoblar va hisobotlar uni derivativ sifatida qayd etadi, — deb yozadi iqtisodçilar Klaudio Borio, Robert Nil Makkoli va Patrik Makgvayr. — Ular haqida hisobotlarga biriktirilgan eslatmalarda ma'lum qilinadi».

2016 yil oxiriga kelib global valyuta bozoridagi svoplar va forvardlar hajmi BIS ma'lumotlariga köra, 58 trln dollarni taşkil etgan. Bu Jahon banki axborotiga binoan jahon YaIMning 77 foizini taşkil etadi. Mazkur şartnomalarning kamida 90 foizida valyutalardan biri sifatida Amerika dollari tanlangan.