Ukrainaning Kiyev viloyatida özbekistonlik «qullar» saqlanayotgan joy topildi. Sxemaning 4 nafar taşkilotçisi sud qilinadi, deb xabar berdi Kiyev viloyati prokuraturasiga tayanib TSN.

Qayd etilişiça, Kiyev yaqinida Xitoyning ikki fuqarosi, Özbekiston fuqarosi va ukrainalik ayol odamlarni noqonuniy ekspluatatsiya qiliş sxemasini taşkil qilgan. Ular qölga olingan.

Ehtimoliy qurbonlar çet elda qidirilgan va Ukrainaga olib ketilgan. Bu yerda ularni foyda oliş maqsadida majburiy mehnat kutardi. Lekin pulni, albatta, işçilar emas, ularning «xöjayinlari» olgan.

«Tergov ma’lumotlariga köra, gumonlanuvçilar uy-joy, iş va oğir moddiy şaroitlar yöqligi sababli oğir ahvolda qolgan şaxslarni majburlaş va aldaş yöli bilan qullikka jalb qilgan», deyiladi xabarda.

Qullar nazoratda saqlangan, işga majbur qilingan va harakat erkinligi çeklangan.

«Odamlar haddan taşqari kamsitilgan: hatto hojatxonaga borişga ham faqat belgilangan jadval böyiça ruxsat berilgan, arzimagan qoidabuzarlik uçun jarima solingan», deyiladi xabarda.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatçilarning yaşaş joyi va xöjalik obektlarini topdi. Xususan, u yerda 13 nafar Özbekiston fuqarosi ğayriinsoniy şaroitlarda saqlangan xonalar aniqlandi. Voqea joyidan hujjatlar, pul va transport vositalari topildi.

Qölga olinganlarning 4 nafari öta oğir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinmoqda, ularga nisbatan ehtiyot çorasi köriş masalasi hal etilmoqda.