Özbekistonning 13 nafar fuqarosi Kiyev viloyatida qullikda saqlangani töğrisidagi xabar böyiça vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi vakillari joyga taşrif buyurdi.

Ta’kidlanişiça, ayni paytda barça fuqarolarning soğ-salomatligi aniqlanib, ular tegişli tibbiy muolaja qiliş uçun Kiyev viloyatidagi mahalliy şifoxonalardan biriga joylaştirilgan.

“Elçixona tomonidan fuqarolarimiz bilan boğliq bölgan vaziyat töliq nazoratga olingan bölib, ularni Özbekistonga qaytariş böyiça barça kerakli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Şu jumladan, özbekistonliklarga tegişli konsullik va huquqiy yordamni amalga oşiriş maqsadida Ukraina TIV va Boş prokurori ofisiga tegişli notalar yuborildi. Mazkur holat yuzasidan jinoiy iş oçilib, gumonlanuvçilar ustidan sud jarayoni bölib ötmoqda”, deyiladi elçixona xabarida.

Ta’kidlanişiça, elçixona Özbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularga har tomonlama yordam körsatiş hamda qonuniy huquqlarini tiklaş borasida barça zarur çora-tadbirlarni körişda davom etmoqda.

Şuningdek, Ukrainada inson hayoti uçun xavf tuğdirişi mumkin bölgan holatlar kuzatilayotgani bois Özbekiston fuqarolariga öz xavfsizligini inobatga olgan holda ayni vaqtda mazkur mamlakatga taşriflarni rejalaştirmaslik tavsiya qilingan.