Dunyo böylab bir yilda olinadigan poralarning umumiy hajmi 2 trln dollarni taşkil qiladi. Bu haqda 18 sentabrda Xalqaro valyuta jamğarmasining taqsimlovçi direktori Kristin Lagard ma'lum qildi.
“Har yilgi poralar qiymati 1,5 trlndan 2 trln dollargaçani, ya'ni dunyo YaIMining 2 foizini taşkil qiladi. Bu aysbergning uçinigina aks ettiradi va uzoq muddatli ta'sir ançagina çuqurdir”, deb aytgan Lagard Vaşingtonda joylaşgan Brukings nomidagi institutda korrupsiyaga qarşi kuraşga bağişlangan anjumanda.
XVJ rahbari jamğarmaga kiruvçi davlatlarga poraxörlikka qarşi kuraşda yordam berilişini ta'kidlab ötdi.
“Biz şuningdek jamoat arboblariga ta'sir körsatuvçi xalqaro xususiy öyinçilarga ham e'tibor qaratamiz. Xususiy öyinçilar korrupsiyani poralar vositasida vujudga keltirişi hamda unga pullarni yuviş va soliqlardan qoçiş yöli bilan bilvosita kömak berişi mumkin”, deb aytgan Lagard.
Lagardning fikriça, natijaga erişiş uçun “muammoning amaliy tomonini tan oliş” va uni hal qilişning turli yöllariga tayaniş lozim.










