Angliya Premer Ligasi 5-turidan keyin Mançesterning ikki jamoasi teng oçko va teng töplar nisbati bilan turnir jadvalida peşqadamlik qilmoqda. Aslida, avvalgi ikki yilda «şaharliklar» jamoasi ilk 5 turni yuz foizlik natija bilan ötkazgan bölişsa-da, keyin kuçli uçlikka zörğa ilingandi. Ya'ni, kelajakka qarab, çempionlik uçun kuraş aynan şu ikki klub örtasida keçişini aytişga hali ertadek. Ammo bu jamoalarning teng oçko töplaşlari doim dramatik voqealarga sabab bölişini eslasak, nimadir bizni kutib turgandek bölaveradi. 

Masalan, 2011/12 yilgi mavsumni har ikki jamoa 89 oçkodan töplab yakunlagan. Faqat töplar nisbati «Mançester Siti»ga uzoq tanaffusdan söng, çempionlikni nişonlaşga zamin yaratgan. 2015/16 yilgi mavsumda ham Mançester klublari teng oçko töplaşdi – endi töplar nisbati «Mançester Siti»ga Yevropa Çempionlar Ligasida töp suriş huquqini berdi. «Yunayted» esa, öşa nisbat tufayli, Angliya kubogini yutganiga qaramasdan, Lui van Gaalni iste'foga çiqarib yubordi. 

Hozir esa, hatto töplar nisbati böyiça ham jamoalar teng borişmoqda. Bu qaçongaça davom etadi? Yaqin turlarda yoki yakunda qaysi jamoa öz ustunligini raqamlarda ham aks ettira oladi? Aslida qaysi jamoa kuçli?

Bu savollarga tahririyatimizda ikki xil javob berildi. Marhamat. 

Qahramon ASLANOV: «MANÇeSTeR YuNAYTeD» KUÇLI, ÇUNKI:

BIRINÇIDAN, murabbiy omili.

Foto: «Mançester Yunayted»

Juda eskirib ketgan fikr bölsa ham, aytiş joiz, Joze Mourinoning ikkinçi mavsumlari doim juda kuçli böladi. «Çelsi», «Real», «Inter»dagi faoliyati davomida murabbiy aynan şu davrda jamoasini çöqqiga olib çiqa olgan. Gap faqat tasodiflarda emas, Joze qisqa muddat içida raqobatbardoş jamoa qurişga, tarkibda muammolarni aniq his qilgan holda transferlarni amalga oşirişga juda usta. 

Mourino ötgan yili amalga oşirgan 4 transferning barçasi jamoa yetakçi futbolçilariga aylanişdi. Bu yil tarkibga qöşilgan Lukaku 7 öyinda 7 gol urişga muvaffaq böldi, Matiç esa, maydon markazi egasiga aylanib böldi. Umuman olganda, Joze Mourino uç marta Angliya çempionatini yutgan, yana ikki mavsumda çempionlik uçun kuraşganini e'tiborga olsak, aynan ingliz futbolini his qiliş böyiça portugaliyalik murabbiy ustunroq.