Maksimal kuç darajasiga kötarilgan «Mariya» dovuli Dominikaga yopirildi, bu orol davlat boş vaziri Ruzvelt Skerritning uyi jiddiy zarar kördi. Bu haqda Skerritning özi feysbukdagi sahifasida xabar bergan.
«Uyimning tomi uçib ketdi. Men dovul markazida qoldim. Uy suvga tölmoqda», - deya yozgan u.
Keyingi xabarda esa u qutqarilganini ta'kidlab ötdi.
17 sentabr kuni Atlantika okeani hududida, Janubiy Amerika qirğoqlari va Karib dengizi havzasidan uzoq bölmagan hududda «Mariya» dovuli paydo bölayotgani xabar qilingandi.











