25 avgust 2 sentabr kunlari Germaniyaning Hamburg şahrida boks böyiça jahon çempionati bölib ötdi. 195ta davlat  iştirok etgan musobaqada Özbekiston vakillari 1ta oltin, 3ta kumuş 2ta bronza olib, umumjamoa hisobida  ikkinçi örinni qölga kiritdi. 

Özbekiston terma jamoasi safida ringga çiqqan Andijon boks maktabi tarbiyalanuvçilari - Hasanboy Dösmatov, Jasurbek Latipov hamda Iqboljon Xoldorov finalgaça yetib borib, kumuş medallarga ega böldi .

Kun.uz sayti “Taraqqiyot” televideniyasi bilan hamkorlikda uç sovrindor boksçi bilan suhbat uyuştirdi.

Uçraşuv davomida boksçilarimiz Hamburg taassurotlari, terma jamoamizning musobaqadagi iştiroki, hakamlar tomonidan berilgan noxolis baholar haqidagi fikrlarini bildirib, yana köplab savollarga  javob berişdi.

- Hamburgga musobaqadan yigirma kun oldin yetib bordik, - deydi Jasurbek Latipov. - Şaroitlar köngildagidek yaratilganini alohida aytib ötişim kerak. Biz bilan terma jamoaning ikkinçi raqamli boksçilari sparring uçun olib ketildi. Yaratilgan imkoniyatlar samarasi ölaroq, termamiz nufuzli çempionatda ikkinçi örinni qölga kiritdi. Germaniyaning ob-havosi juda yaxşi ekanligi, u yerda boks bilan şuğullanişga zör şaroit bölişiga qaramay, beş kunda Özbekistonni soğina boşladim. Men musobaqaga ketişdan oldin taşkil etilgan uçraşuvda oltin medal olib qaytişga va'da bergandim. Tajribam yetmay qoldi. Lekin, işontirib aytamanki, nasib qilsa, keyingi safar, albatta birinçi örinni qölga kiritaman.

Hasanboy Döstmatov öziga berilgan: “Turli tadbirlarga jalb qilinayotganingiz sport formasini uşlab turişga xalaqit bermayaptimi?” degan savolga quyidagiça javob qaytardi:

“Rioda çempion bölganimdan söng menga bölgan e'tibor juda kuçayib ketgan. Darhaqiqat, juda köplab turli tadbirlar, uçraşuvlarda iştirok etamiz. Şu yurtda ulğayganmiz, aholiga va bolalarga sportni tarğib qiliş uçun taşkil etilgan tadbirlarga borişimiz zarur ekanligini bilaman. Qayerga borsangiz, e'tibor, mehmondorçilik. Xalqimiz juda mehmonnavoz. Dasturxoniga qaramasangiz, kibrga yöyadi. Iloji yöqligidan ovqatlaniş rejimimiz buzilib ketib, vazn ortgani ham bor gap. Germaniyada sovuq iqlim bölgani uçun vazn taşlaşim juda qiyin böldi”.