Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 15 sentabrda Olmaliq şahridagi «Olmaliq TMK» AJ boşqaruv tizimini yanada takomillaştirişga doir PQ-3280 qarorini imzoladi. Qaror matni davlat rahbarining rasmiy saytida e'lon qilindi.
Qarordan közlangan maqsad aksiyadorlik jamiyati boşqaruv tizimi hamda şu asosda işlab çiqariş samaradorligi, mineral-xom aşyo bazasi va işlab çiqariş quvvatlarini barqaror rivojlantiriş, rudalar, rangli, qimmatbaho va nodir metallar, içki-taşqi bozorlarda barqaror talab bölgan boşqa raqobatbardoş mahsulotlarni qazib oliş va işlab çiqişni kengaytirişdir.
Qaror bilan «Olmaliq TMK» AJ faoliyatining asosiy vazifa va yönalişlari ham aniqlab berilgan. Xususan,
Toğ sanoatini yuritişni taşkil etişning zamonaviy usullarini joriy etişga qaratilgan, mineral-xom aşyo bazasini kengaytiriş, rangli va nodir metall konlarini özlaştiriş sohasidagi yagona texnik siyosatni amalga oşiriş, foydali qazilmalarni qazib oliş va ularni qayta işlaş, rangli va nodir metallarni çuqur qayta işlaş asosida eksportga yönaltirilgan tayyor mahsulotlarni işlab çiqiş;
Işlab çiqarişning yuqori, barqaror ösiş sur'atlarini ta'minlaş maqsadida tuzilmaviy qayta taşkil etişlar, modernizatsiya va diversifikatsiyalaşni yanada çuqurlaştiriş, yuqori qöşimça qiymatli sanoat mahsulotlari eksportini kengaytiriş;
Barqaror sarmoyalar, jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etiş imkonini beruvçi faol investitsiya siyosatini yuritiş, yangi yuqori texnologiyali işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşirişni közda tutuvçi yirik investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etiş;
Işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, import örnini bosiş va içki bozorni zarur mahsulotlar va butlovçi jihozlar bilan töldiriş jarayonini yanada çuqurlaştiriş kabilar belgilangan.
Bundan taşqari, Prezident qarori bilan ilmiy-tadqiqot işlarini taşkil etiş, işlab çiqarişga yangi texnologiyalar va innovatsiyaviy işlanmalarni joriy etiş, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlardan foydalaniş işlab çiqariş va işlab çiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini arzonlaştiriş, raqobatbardoşligini oşiriş hamda kombinat moliya-xöjalik faoliyati şaffofligini ta'minlaşga doir masalalar ham belgilab berilgan.
Qaror bilan kombinat boşqaruvi raisi aksiyadorlarning umumiy majlisi tomonidan saylanişi va Özbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelişilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda maqomi jihatidan vazirga tenglaştiriladi.











