Yakşanba kuni parijliklarning «Lion»ga qarşi öyinida jamoa hujumçilari gol uriş örniga bir-biri bilan ziddiyat boşladi. «PSJ» bu öyinda raqib futbolçilari tomonidan urilgan ikki avtogol evaziga ğalabaga erişdi.

Lekin OAV va muxlislar natija qolib, jamoaning urugvaylik hujumçisi Edinson Kavani va braziliyalik futbolçilari Neymar hamda Dani Alves iştirokidagi epizodlarni muhokama qilişga kirişdi. 

Vaziyatlardan birida, hali hisob oçilmagan vaqtda mehmonlar darvozasi tomoni jarima zarbasi belgilandi. Bu zarbani Edinson Kavani ijro etişni istagandi, ammo Dani Alves kelib, töpni undan tortib oldi. U keyinroq töpni özi jarima zarbasini tepiş niyatida olganini aytdi.

Lekin bu videoda u töpni Kavanidan yaşirib, şu zahoti Neymarga uzatganini köriş mumkin. 

Neymar esa bu imkoniyatdan foydalana olmadi.

79-daqiqaga kelib, hisob 1:0 körinişiga kelganida, «PSJ» penalti tepiş huquqini qölga kiritdi. Kavani yana jarima zarbasini ijro etişga çoğlandi, Neymar uning yoniga kelib töpni berişni söradi, ammo urugvaylik futbolçi bu safar böş kelmadi, qolaversa, bu safar Neymarning yonida Alves yöq edi. 

U ham gol ura olmadi!

«PSJ» baribir bu öyinda ğalabaga erişdi,«Lion» himoyaçilari yordami bilan – 2:0.