Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 18 sentabr kuni BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida iştirok etiş uçun Nyu-York şahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda Amerika–Özbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm kutib oldi.

Foto: ÖzA

Şavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq sözlaydi.

Prezidentimiz taşrif doirasida BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovçi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Boş Assambleyasiga taşrif buyurgan boşqa davlatlar rahbarlari bilan uçraşib, muzokaralar ötkazişi rejalaştirilgan.

Davlatimiz rahbari, şuningdek, keng doiradagi Özbekiston–Amerika biznes-forumida iştirok etadi.