Mara Salvatruche, qisqaça qilib aytganda MS-13. Bu dunyodagi eng vahşiy tödalardan biri. Amerika filmlarida ular haqidagi epizodlarni köp uçratamiz. Bu şunçalik dahşatli tödaki, unga «Al Qoida»dan ham yomonroq deb ta'rif berişadi. RIA Novosti AQŞda tarqalgan va terrorçilik taşkiloti deb ta'kidlanadigan MS-13 haqida material tayyorladi.

Foto: AFP 

Ularning hayotdan maqsadi bitta – yöllarida çiqqanga dahşat soliş. Hozirda bu gazandalar guruhi AQŞning 42ta ştati va Lotin Amerikasining ba'zi davlatlarida «faoliyat yuritadi». Unga har xil ma'lumotlarga köra, 70 mingdan 100 ming kişigaça a'zo bölgan. Asosiy daromad manbai Meksikadan noqonuniy olib ötiladigan narkotiklar savdosi. Tödaning asosiy maqsadi pul topiş emas. Ularning odam öldirişda bir neça xil «imzo»lari bor. Eng asosiysi esa… Ular köpçilik qurbonlarining tanasiga 13 marta piçoq sançişadi. Öldirilgan odamning yaqinlariga şu tariqa özlari bilan öynaşmaslik kerak ekanini anglatişadi. 

MS-13 atamasidagi 13 soni bu lotin alifbosida «M»ning 13-örinda joylaşgani bilan boğliq. «Mara» töda degani, umuman olganda, Mara Salvatruche «salvadorlik çumolilar tödasi», degan ma'noni bildiradi. Ha, taşkilotga Salvadordan kelgan muhojirlar asos solişgan.

© AP Photo / Luis Romero

Narkotik savdosidan taşqari bu gazandalar odam savdosi bilan ham şuğullanadi. 2002 yilda MS-13 tomonidan qilingan qabihlik barçani larzaga solgandi. Öşanda terrorçilar ikki nafar nogiron qizning nomusiga tegişadi. Qizlardan biri nogironlik aravaçasida bölgan, ikkinçisining esa quloği eşitmasdi. Maşhur böliş uçun ular mana şunday iflosliklarga qöl urişadi.

Tödaning ölmas qoidasi bor – çöqindingmi, ölasan! Bu qoida heç qanday istisnosiz amal qiladi. Bu guruhga qöşilmoqçi bölgan odamlarni öziga xos tarzda sinovdan ötkazişadi. Yangi kelganni 13 soniya davomida barça savalaydi, agar çidasa, navbatdagi bosqiçga ötişadi. U tödaga qöşilişi uçun biror kişini öldirişi kerak böladi. Tödaga har xil yoşdan qabul qilişadi, ba'zida 8 yoşli bolalarni ham. MS-13 heç qanday aniq rahbar va strukturaga ega emas. Ularning şiori esa quyidagiça: «Öldir, zörla, boşqar».