AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining desantçilar jamoasi amerikança futbol böyiça univesitetlararo öyinga bayroqlarni yetkazib berişning uddasidan çiqa olmadi. Öyin oldidan "dengiz muşuklari"dan biri yuqoridan paraşyutda tuşayotganda stadion tribunasiga borib urilgan, deb xabar bermoqda ksl.com portali.

Voqea Yuta ştatidagi Provo şahrida Brigam Yang va Viskonsin universitetlari terma jamoalari uçraşuvi oldidan sodir bölgan. Uçraşuvni havo orqali bayroqlarni yetkaziş tantanali marosimi bilan oçiş rejalaştirilgandi, biroq desantçilardan biri qöniş trayektoriyasini möljallay olmay, tribuna çetidagi tösiqqa borib urilgan. Qolgan desantçilar esa risoladagidek qöna olişgan.

Uşbu holat tasvirlangan lavhalardan belgilangan joydan ötib ketgan desantçi puflama çolğu asboblari orkestri artistlarini yiqitib yuborişiga sal qolganini köriş mumkin. Ma'lum qilinişiça, tomoşabinlar desantçiga paraşyut arqonlari orasidan çiqişiga kömaklaşişgan va unga birinçi yordam körsatişgan.

Öyin şarhlovçisi desantçi jiddiy jarohat olmagani, tomoşabinlarga ham heç narsa qilmaganini e'lon qilgan.