SAVOL: Mening buvim 85 yoşda, bobomiz yaqinda olamdan ötdi. Uning boquvçisi hisoblangan öğli ham 2015 yil olamdan ötgan, xozir kelin va nabiralari qölida buvim pensiya pulini naqd qilib ham olmaydi. Oyoqlari, hamma yeri oğriydi, biz buni qariçilik, deymiz. Buvimga pensiya bölimidan qanday yordam olişimiz mumkin.
Gulziyra Baymuratova
JAVOB: Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli qarorining 2-bandiga köra, 2017 yilning fevral oyidan boşlab barça turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida heç qanday çeklovlarsiz töliq hajmda naqd şaklda beriladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 martdagi PQ-2826-sonli «Pensiyalar va nafaqalar tölaş mexanizmini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarorining 3-bandiga asosan mustaqil harakatlaniş hamda pensiyalar va nafaqalarni maxsus kassalardan oliş imkoniyatiga ega bölmagan şaxslarga pensiyalar va nafaqalar Xalq banki tomonidan bevosita ular yaşaydigan joyga yetkazib beriladi.
Siz uşbu buvingizni pensiyasini yaşaş joyingizga yetkazib berilişini ta'minlaş masalasida, hududingizdagi Byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasiga murojaat etişingiz lozim.
Savollarga huquqşunos Mirzohid Şoqalamov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.












