2017 yil 20 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taşabbusi bilan Yuristlar malakasini oşiriş markazida «Huquqiy axborotni tarqatiş va undan foydalanişni ta'minlaşning huquqiy asoslari» mavzusida seminar taşkil etildi.
Xushnudbek.uz saytida yozilişiça, seminarda 25 sentabr sanasidan rasmiy manba sifatida tan olinadigan Lex.uz – milliy qonunçilik bazasi haqida ma'lumotlar ham berildi.
1. Lex.uz mutlaqo yangi va qulay dizaynda işga tuşadi;
2. Qonun hujjatlari lotin grafikasida ham e'lon qilinadi;
3. Xorijiy investorlar tomonidan eng köp talab etiladigan 16ta kodeks (ya'ni barçasi) va 40ta qonun ingliz tili versiyasida e'lon qilinadi;
4. Bundan buyon yangi qabul qilingan normativ hujjatlar 1 kun muddatda Lex.uz saytida Pdf formatida joylaştiriladi. Bugungi holat qanday edi? Lex.uz saytida har haftaning duşanba kuni Qonun hujjatlari töplami e'lon qilinar, masalan, haftaning seşanba kunida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat faqatgina kelasi haftaning duşanba kuniga kelibgina e'lon qilinardi xolos;
5. Normativ-huquqiy hujjatlarga kirgan özgarişlar 3 kun içida Lex.uz saytida aks etadi.












