Andijon viloyatidagi Kun.uz manbalari bergan xabarlarga köra, Andijon şahridagi maktabda farroş bölib işlovçi rafiqasining örniga paxta terimiga çiqqan 58 yoşli Muzaffar Umrzaqov dalada yurak xurujidan vafot etgan.

Ma'lum bölişiça, marhum Muzaffar Umrzoqovning rafiqasi Andijon şahridagi 8-umumiy ta'lim maktabida farroş vazifasida işlaydi. Fojia 16 sentabr kuni Izboskan tumanidagi fermer xöjaliklaridan biri dalasida röy bergan. Uning jasadi Andijon şahridagi uyiga tez yordam maşinasida olib borib berilgan. 

Ayni vaqtda byudjyet taşkilotlarida işlovçi xodim va xizmatçilarni yoppasiga paxta terimiga jalb etilişi tufayli soğligi yaxşi bölmagan va homilador ayollar öz örnilariga ma'lum mablağ evaziga odam yollaşga yoki terimga  öz yaqinlarini çiqarişga majbur bölişmoqda.